O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Prezident Vakillar palatasida uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga tashrifi uchinchi kuni ushbu mamlakat parlamentining quyi palatasida uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Davlatimiz rahbari Vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

 

Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va o‘zaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi.

 

 

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya parlamenti quyi palatasi spikeriga yurtimizda ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan Yaponiya Konstitusiyasining birinchi nusxasini sovg‘a qildi.

Shavkat Mirziyoev Vakillar palatasi majlislari o‘tadigan asosiy zal bilan ham tanishdi.

Text to speech