O‘zbekiston Prezidenti Boris Jonsonni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boris Jonsonga Konservatorlar partiyasi yetakchisi saylovida g‘alaba qozongani hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.