O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzbekiston Prezidenti YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʼyicha byurosining (EXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish boʼyicha missiyasi rahbari Kaetana de Zulueta Outramni qabul qildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Oʼzbekiston bilan YeXHT va uning tuzilmalari oʼrtasidagi konstruktiv hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda tashkilot Bosh kotibi Tomas Gremingerning mamlakatimizga tashrifi yakunida qabul qilingan YeXHT bilan sheriklikni kengaytirish boʼyicha “yoʼl xaritasi” amalga oshirilmoqda.

 

Oʼzbekiston tashkilotning Parlament Аssambleyasidagi ishtirokini tikladi. YeXHT yurtimizdagi parlament saylovlariga 1999 yildan buyon ilk bor toʼlaqonli missiyani joʼnatdi.

Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qoʼshma tadbirlar oʼtkazish masalalari muhokama qilindi.

YeXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish boʼyicha missiyasi rahbari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakatimiz YeXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Kaetana de Zulueta Oʼzbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida oʼtayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini taʼkidladi.

Text to speech