O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzbekiston Prezidenti Nagoya shahri merini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takasi Kavamurani qabul qildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Davlatimiz rahbari Oʼzbekiston va Yaponiya oʼrtasidagi doʼstlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdi. Bugungi uchrashuv Oʼzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida oʼtayotgani taʼkidlandi.

Nagoya shahri Yaponiyaning eng yirik sanoat va ilmiy markazlaridan biri boʼlib, u bilan hamkorlik turli oʼzaro manfaatli dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun keng istiqbollarni ochadi.

 

Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi sheriklik, jumladan, 2010 yilda Toshkentda ochilgan Nagoya universiteti vakolatxonasi koʼmagida rivojlanib borayotgani yuksak baholandi.

Uchrashuvda avtomobilsozlik, shaharsozlik, toʼqimachilik, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm va boshqa yoʼnalishlarda yaqin ishbilarmonlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Toshkent va Nagoya shaharlari oʼrtasida imzolanishi kutilayotgan hamkorlik toʼgʼrisidagi bitim, shuningdek, poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish loyihasini amalga oshirish, shubhasiz, uzoq muddatli va oʼzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat kilishi taʼkidlandi.

Nagoya Oʼzbekiston va Yaponiya oʼrtasidagi hamkorlik uchun koʼprik boʼlishiga ishonch bildirildi.

 

Istiqbolli dastur va loyihalarni amalga oshirishni ilgari surish maqsadida "yoʼl xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi

Text to speech