O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzbekiston Prezidenti Dushanbe shahri raisini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti - Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan. 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Oʼzbekiston va Tojikiston oʼrtasidagi doʼstlik va yaxshi qoʼshnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli koʼp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish taʼminlangani, Oʼzbekiston va Tojikiston oʼrtasida strategik sheriklik yoʼlga qoʼyilgani alohida taʼkidlandi.

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz poytaxtlari Toshkent va Dushanbe oʼrtasida oʼzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, "yoʼl xaritasi" asosida qoʼshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yoʼnalishlarda muntazam muloqotni yoʼlga qoʼyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Text to speech