O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har doimgidek samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Text to speech