O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Prezident Toshkent viloyati fermerlari bilan suhbatlashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Bo'ka tumaniga tashrif buyurdi. «Valixon ota» fermer xo'jaligi dalasida bo'lib, paxta terimini ko'zdan kechirdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Joriy yil iyul oyida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishlarida davlatimiz rahbari g'o'za rivojini jadallashtirish, hosilga hosil qo'shish bo'yicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq Toshkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Bo'ka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta etishtirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.

Prezidentimiz shu erda viloyat fermerlari va qishloq xo'jaligi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.

Bu yilgi ob-havo paxtachilik uchun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda hasharotlar ko'p bo'ldi. Paxta rivoji kechikdi.

Davlatimiz rahbari hamma sohalar qatori qishloq xo'jaligida ham asosiy maqsad xalqimiz manfaati ekanini, qaysi mahsulot ko'proq daromad keltirsa, o'sha ekilishini ta'kidladi.

Manfaatdorlik bo'lishi uchun qilingan xarajatni qoplab, foyda ko'rish kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxshi bo'lishi uchun har bir odam o'zi harakat qilishi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi - intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi, dedi Shavkat Mirziyoev.

Bu yil paxta hosilini yig'ib-terishda narx ikki barobar oshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatida bir kilogramm paxta terish uchun ming so'mdan ziyod pul to'lanmoqda.

Muloqotda fermerlarga o'z mehnati samarasini ko'rish vaqti kelgani, buning uchun paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etib, hosilni yog'inli kunlarga qoldirmay yig'ib olish zarurligi ta'kidlandi. Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb saytida ma’lum qilindi.

Text to speech