Prezident Tokioga uchib ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifining Nagoyadagi tadbirlarga boy dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Davlatimiz rahbari Tokioga jo‘nab ketdi. Aeroportda Prezidentimizni Aichi prefekturasi va Nagoya shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.