O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxandaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼulligida navbatdagi oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Surxоndaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼulligida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini noqonuniy aylanishi bilan bogʼliq jinoyatlarni tergov qilishning oʼziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, gumon qilinuvchilarning harakatlarini malakalashda yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali oʼquv-seminar mashgʼuloti oʼtkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov boʼlinmalari, jinoyat ishlari boʼyicha Surxandaryo viloyat sudi sudyasi S.Suvonqulov, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʼlimi katta prokurori А.Bekdimurodov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxandaryo viloyat filiali boshligʼi F.Muhammadiev, viloyat narkologiya dispanseri boʼlim boshligʼi G.Boltaeva, viloyat IIB EKB katta eksperti А.Sharopovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boʼlim boshligʼi N.Xudjamuratov “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarini noqonuniy aylanishi bilan bogʼliq jinoyatlarni tergov qilishning oʼziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, gumon qilinuvchilarning harakatlarini malakalashda yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida maʼruza qildi.

Shu bilan birga JIB Surxandaryo viloyat sudi sudyasi S.Suvonqulov kun tartibidagi mavzu yuzasidan sud-tergov amaliyotida uchrayotgan muammolar va ularning hal etish masalalari yuzasidan maʼruza qildi.

Shundan soʼng seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilar ushbu turdagi jinoyatlarini tergov qilishning oʼziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan oʼzaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida oʼquv-seminar mashgʼulotlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech