O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 23 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi mas'ulligida “Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga kirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, gumon qilinuvchilarning harakatlarini malakalashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi L.Otegenova, JIB Nukus shahar sudining sud'yasi I.Kalniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 1-darajali yurist P.Bekniyazov, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limining surishtiruv bo‘limi boshlig‘i adliya kichik maslahatchisi B.Urinbaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi surishtiruv va ma'muriy amaliyot bo‘limi bosh inspektori xizmati mayori M.Xojimuratovlar ishtirok yetishdi.

Seminar davomida Qoraqalpog‘iston “Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga kirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, gumon qilinuvchilarning harakatlarini malakalashda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida suhbat olib borildi.

Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom yettirilib, ishtirokchilar qonunga xilof ravishda chet elga chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga kirish bilan bog‘liq jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom yettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech