O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarining joriy yildagi 6 oylik faoliyati muhokama qilindi

2019 yilning 16 iyul kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tergov bo‘linmalarining faoliyati bo‘yicha 2019 yilning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Alimov Zafar Qodirjonovich ochib berib, bugungi kunda Ichki ishlar organlari tizimida, shu jumladan, tergov xizmatida tub islohotlar amalga oshirilib, xodimlarga уetarli shart-sharoitlar yaratish, xodimlarni ijtimoiy himoyalash hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilayotganligini, shu sababli har bir tergov va surishtiruv xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash, adolat, halollik hamda insonparvarlik tamoyillariga qat’iy rioya etishlari zarurligini, rahbar xodimlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibi ustidan nazoratni kuchaytirib, ustoz-shogird an’analarini davob ettirib, xizmat burchiga sidqidildan yondashib kelayotgan xodimlarni rag‘batlantirishga alohida etibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, hisobot yig‘ilishida uch avlod uchrashuvi o‘tkazilib, hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining maslahatchisi - faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Murod Karimov so‘zga chiqdi va ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik amaliy ish tajribasini yosh xodimlar bilan o‘rtoqlashib, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilayotgan sharoitlarni qadriga etib, shukronalik tuyg‘usida xizmat faoliyatini davom ettirish yuzasidan o‘zining o‘git va tavsiyalarini berdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, jinoyatchilikni oldini olish, el-yurt osoyishtaligini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda xizmat burchiga sidqidildan yondashib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarning ota-onalariga Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan minnatdorchilik e’lon qilindi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni sifatli tergov qilib, yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan hamda hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, jinoyat ishlarini na’munali tergov qilib kelayotgan bir guruh xodimlar hamda hisobot davrida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan Yunusobod, Shayxontohur hamda Sirg‘ali tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tergov bo‘linmalari jamoalari pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yig‘ilish yakunida Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Z.Q.Alimov kelgusida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining burchi deb bilishi hamda xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishi zururligini ta’kidlab, barcha xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tiladi.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech