Tergov departamenti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining tuman (shahar) tergov bo‘lim (bo‘linma) boshliqlari 2018 yilning 3 dekabr kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Tergov faoliyati samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kursida faol ishtirok etib kelishmoqda.
2018 yil 5 dekabr kuni o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari bilan “Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti faoliyati bilan yaqindan tanishish” mavzusida sayyor mashg‘ulot o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilarga Tergov departamentida amalga oshirilgan izchil islohotlar, ularning bugungi kundagi samarasi haqida batafsil so‘zlab berildi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar Ichki ishlar vazirligi muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi eksponatlar bilan tanishishdi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.