O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Surishtiruvning protsessual hujjatlari” nomli o‘quv-amaliy qo‘llanma ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan surishtiruv bo‘linmalari xodimlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Ichki ishlar vaziri general-mayor P.R.Bobojonovning umumiy tahriri ostida “Surishtiruvning protsessual hujjatlari” nomli o‘quv-amaliy qo‘llanma ishlab chiqilib, chop ettirildi va Tergov departamenti hamda uning quyi tizimlari xodimlari qo‘llanma bilan to‘liq ta’minlandi.

Mazkur o‘quv-amaliy qo‘llanmada surishtiruv jarayonining qonuniyligi va xolisligini ifodalaydigan protsessual hujjatlarning mohiyati, turlari, ularga qo‘yiladigan talablar va zaruriy rekvizitlari oydinlashtirilgan, ularni rasmiylashtirishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar asoslab berilgan. SHuningdek, surishtiruv jarayonida uchraydigan eng muhim protsessual hujjatlarning namunalari tavsiya sifatida keltirilgan.

Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat-protsessual qonunchiligi va jinoyatlarni tergov qilish amaliyotida erishilgan eng ilg‘or tajribalarni umumlashtirgan holda tayyorlangani bois, surishtiruv idoralari xodimlari tomonidan tuziladigan protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti shakllanishiga va ular faoliyatida qonuniylik prinsiplari ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Text to speech