Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabullar Namangan viloyati axolisi uchun o‘tkazildi
2021 yil 14-16 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlaridan tashkil topgan ishchi guruhlari tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha navbatdagi ommaviy sayyor qabul Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Namangan, Davlatobod, Yangi Namangan, Chust, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq shahar va tumanlari aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.
Uch kun davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 171 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarning 14 tasi Ichki ishlar idoralariga qayta ishga tiklash va ishga qabul qilish masalasi, 10 tasi xodimlarining xatti-harakatlari va qabul qilingan qarorlaridan norozilik, 9 tasi fuqarolik pasportini olish va boshqa masalalar.
Ushbu fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 91 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 73 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul yakunida ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Kosonsoy hamda Chust tumanlari IIB lariga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan so‘rovxonalarning ahvoli hamda Tergov bo‘linmalari xizmat faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida, vazir o‘rinbosari IIVning 16.06.2020 yildagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Tergov departamentining 24.06.2020 yildagi ko‘rsatma bandlarining ijrosi bo‘yicha tergov bo‘limlarining xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yana-da yaxshilash hamda tergov sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatini o‘rganish davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti