Respublikamizda o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi”
Respublikamizda o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan teatr haftaligi doirasida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilar joriy yilning 27 aprel kuni “O‘zbek milliy akademik drama” teatriga tashrif buyurishdi.
Shu kuni osoyishtalik posbonlari Izzat Sultonning “Iymon” nomli asari asosida sahnalashtirilgan drama-spektaklni tomosha qilishdi.
Spektaklda asar bosh qahramonlari Murod va Layloning birgalikda kechirgan turmushi, milliy qadriyatlarimiz, insonlarning bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibati va chin muhabbat tuyg‘ulari mohirona yoritib berilgan bo‘lib, oilaning muqaddasligi, ota-onani qadriga yetish, tinchlikni qadrlash hamda mushohada qilishga, ijobiy xulosa chiqarishga undaydi.
Spektakl yakunlanganidan so‘ng tomoshabinlar teatr ijodiy jamoasiga minnatdorlik bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti