O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentining bir guruh xodimlari taqdirlandi

Bugun Tergov departamentining majlislar zalida “25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Tergov departamentining mukofotlangan bir guruh xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik D.B.Tashxodjayev ishtirok etib,

Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi mayor Oripov Sobirzoda Sobir o‘g‘liga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni;

Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi podpolkovnik Yusupov Baxtiyor Baxodirovichga III darajali “Benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni;

Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Sattarov Mansur Abdugafurovichga Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig‘i;

Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi mayor G‘oyibqulov Obidjon Orolovichga Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig‘i;  

Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi kapitan Kutbitdinov G'iyosiddin Xusnidinovich Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig‘i

Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi mayor Xabibullayev Azizbek Xabibullayevichga esdaliq qo‘l soati;

Tergov departamenti katta tergovchisi kapitan Xamdamov Ulug‘bek Xamdillayevichga pul mukofotini tantanali ravishda topshirdi.

Fursatdan foydalanib, taqdirlangan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etib, kelgusi xizmatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

 O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech