Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti jamoasi nomidan matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillarini “27 iyunь- Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz.
Tergov departamenti ochiqlik va shaffoflik printsiplariga asoslanib, yurtimizda sodir etilayotgan jinoyatlarni xolisona tezkorlik bilan xalqimizga yetkazib berishda koʼplab ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan oʼzaro maqsadli professional hamkorlikni yoʼlga qoʼygan holda samarali faoliyat koʼrsatayotganligidan mamnunmiz.
Sizlarga ijodiy salohiyat va zamonaviy jurnalistik mahorat, yangi gʼoyalar faoliyatingiz kaliti boʼlib qolishini, toʼliq va haqqoniy axborotni tezkorlik bilan yetkazish orqali yanada koʼproq xalq ishonchini qozonishingizni tilaymiz.
Xurmat bilan,
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti