O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

TАVАLLUD АYYOMINGIZ MUBORАK BOʼLSIN !

 

Hurmatli Gulnora Durdievna,


Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti hamda tergov boʼlinmalari shaxsiy tarkibi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklab, samimiy hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Xalqimiz uchun muqaddas va bebaho boʼlgan tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashda koʼpni koʼrgan insonlar, keksa avlod vakillarining ustozlarcha maslahat va yoʼl-yoʼriqlari gʼoyat qimmatlidir.Biz Sizni koʼp yillar sohada samarali mehnat qilgan, boy xizmat va hayot tajribasiga ega, ichki ishlar organlari xodimlarining salohiyatini oshirishga, jamoatchilik oldidagi obroʼ va hurmatini yanada yuksaltirishga munosib ulush qoʼshib kelgan fidoyi insonlardan biri sifatida bilamiz va qadrlaymiz.

Siz koʼp yillik xizmat faoliyatingiz davomida 1985 yilning sentyabr oyidan 2012 yilning iyun oyiga qadar, jami 26 yildan ortiq vaqt mobaynida ichki ishlar organlari tergov boʼlinmalarining turli lavozimlarida samarali xizmat qilib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilgan ishlarga munosib hissa qoʼshgansiz. Tergov sohasida uzluksiz 15 yildan ortiq xizmat qilganligingiz uchun 2008 yil sentyabr oyida “podpolkovnik”, shuningdek, 20 yildan ortiq xizmat qilganligingiz uchun 2012 yilning yanvar oyida “polkovnik” maxsus unvoni bilan ragʼbatlantirilgansiz.

Bugungi kunda nafaqada boʼlishingizga qaramasdan yurtimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash, oʼtkazilayotgan islohotlarni jadallashtirish hamda yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifalarni bajarishda gʼamxoʼr ustoz va tajribali murabbiy sifatida namuna boʼlib kelmoqdasiz. 

Sizning koʼplab shogirdlaringiz respublika ichki ishlar organlari va tizimlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasida bor bilim hamda kuch-gʼayratini safarbar etib kelmoqdalar.

Hurmatli Gulnora Durdievna!

Bugungi tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, ushbu quvonchli kunda Sizga sihat-salomatlik, uzoq-umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va xonadoningizga fayzu-baraka tilaymiz.


Hurmat bilan,


Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech