Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Komiljon Gaffarov raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan o‘tgan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘zining hissasini qo‘shgan tergovchi va surishtiruvchilar IIV huzuridagi Tergov departamentining tashakkurnomasi, faxriy yorlig‘i, viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida har bir shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi va bo‘linmalari xodimlari uchun kompyuter jamlanmalari, televizor va boshqa zaruriy texnika vositalari topshirildi.
Shuningdek, tergov sohasida uzoq yil samarali xizmat qilib, ko‘plab tergovchi va surishtiruvchilarga ustozlik qilgan Tergov boshqarmasi xodimlari nafaqaga kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti