O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqdilar

Ta’kidlanganidek, muhokama qilinayotgan Qonun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, Soliq kodeksiga, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Jumladan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik, mazkur organ harbiy xizmatchisining (xodimining) o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi va bu huquqbuzarlikar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishini belgilovchi moddalar bilan to‘ldirilmoqda.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni to‘ldirilmoqda. Jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari bilan to‘ldirilmoqda hamda uning vakolatlari nazarda tutilmoqda. Parlament a’zolari qayd etganidek, Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyatida ularning huquq va majburiyatlari hamda vakolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Text to speech