Sergeli tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo’limi xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari xodimlarining ma’naviy-madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 14 sentyabr kuni Sergeli tuman Ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo’limi xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida xodimlar dastlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Majmuaga tashrif davomida xodimlar mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov hayoti va mamlakatimiz mustaqilligi yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari aks ettirilgan san’at asarlari bilan tanishib, majmua xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Mazkur tashrif Sergeli tuman Ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo’limi xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti