O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti tergovchisi chempion bo‘ldi

2018 yilning 1-2 dekabr kunlari Navoiy shahrida karatening Shinkiokushinkay turi bo'yicha “NUR-XAS” markazi tomonidan kattalar o‘rtasida respublika XI-ochiq kubok chempionati o'tkazildi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 139 nafar karatechilar ishtirok etishdi.  

IIV huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi, qora belbog‘ 1-dan sohibi Xamdamov Ulug‘bek Xamdillaevich ushbu musobaqada ishtirok etib, kattalar o‘rtasida 75 kg.dan yuqori mutloq vazn toifasida respublika XI-ochiq kubok chempionatida faxrli 1-o‘rinni egallab, diplom, oltin medal, kubok va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Text to speech