O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand shahridagi holat:

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining maʼlumotiga koʼra, joriy yilning 6 noyabr kuni Samarqand shahar, Qora-suv mavzesi, Obod Maskan mahallasi hududida “Аgromir Bilding” korxonasi tomonidan qurilayotgan koʼp qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan oʼn nafar ishchilar oʼrtasida oʼzaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat oqibatida toʼrt nafar fuqaro Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga yengil tan jarohatlari bilan murojaat qilishgan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergovga kirishilgan.

Fuqarolarimizdan, mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov yakuniga koʼra toʼliq axborot berilishiga qadar, ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan video tasvirlarga nomaqbul izohlar berishlaridan oʼzlarini tiyishlarini soʼraymiz.

Text to speech