O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hindiston tadbirkor-ayollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari Svetlana Artikovaning Hindiston Savdo-sanoat palatasi federatsiyasining “FICCI Ladies Organization” Ayollar tashkiloti prezidenti Xarjinder Kaur Talvar boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Uchrashuvda ayollar tadbirkorligi rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zbekiston va Hindistonda axborot texnologiyalari, tekstil, dizayn, farmatsevtika, turizm, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘llari muhokama etildi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar kiritishga tayyorligini bildirdi.

Text to speech