Tergov departamenti rahbariyatining navbatdagi qabuli tashkillashtirildi
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida joriy yilning-6-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi
Ushbu qabul davomida jami 107 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 66 tasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, 8 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, 19 tasi kadrlar yo‘nalishi hamda 14 tasi boshqa masalalarni tashkil etdi.
Tergov yo‘nalishiga oid murojaatlarning 20 tasi (30 foiz) qabul vaqtining o‘zida hal etildi, 18 tasi (28 foiz) yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 28 tasi (42 foiz) esa qo‘shimcha kompleks o‘rganishlar talab etganligi sababli mas’ul va rahbar xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tergov departamenti