Tergov bo`linmalari xodimlari Zangiota ziyoratgohi va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi
Joriy yilning 19 oktabr kuni Chilonzor hamda Olmazor tumani IIO FMB tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida xodimlar mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov hayoti va mamlakatimiz mustaqilligi yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari aks ettirilgan san’at asarlari bilan tanishib, majmua xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Shuningdek, shu kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimlari Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurib, yodgorlik majmuasidagi maqbara, minora, masjid va Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabristonni ziyorat qilib, o‘tganlarning haqlariga duo qilishdi.
Mazkur tashrif Tergov bo`linmalari xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti