Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab quvvatlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2017 yildagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan joriy yilning 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyat hokimi va IIB boshlig‘i tomonidan bir qator ichki ishlar organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uzoq muddatli ipoteka kreditlari asosida Termiz shahrida qurilgan uylarni tantanali ravishda topshirish marosimi o‘tkazildi.
Marosim davomida, ko‘p yillar davomida tergov bo‘linmalarida fidokorona xizmat qilib, yoshlarga namuna bo‘lib kelayotgan Tergov boshqarmasi xodimlari podpolkovnik B.K.Xolmo‘minov va polkovnik N.T.Narqulovaga ham viloyat hokimi hamda IIB boshlig‘i tomonidan 3 xonali uylar tantanali ravishda topshirildi.
Kelgusida bu boradagi ishlar reja asosida amalga oshiriladi, bunda o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, jonkuyarlik bilan faoliyat olib boruvchi, davlat va jamiyat ravnaqi hamda xalq farovonligi yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelayotgan, tizimda kasbdoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan xodimlar navbatma-navbat imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti