O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Maxsus qutilar amaliyotga joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “tanib olish uchun ko‘rsatish” tergov harakatlarida foydalanish uchun maxsus quti joriy etildi. Quti har qanday joyda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni olib yurish juda ham qulay. Qutida plastik oyna ortida kesuvchi va sanchuvchi jismlar tanib olish uchun ko‘rsatiladi, bu esa o‘z navbatida tergov harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlaydi. Maxsus quti masshtab, lineyka va raqamlarga ega.

Hozirda maxsus qutilardan Tergov departamenti va uning quyi tizimlari tomonidan keng foydalanilmoqda.    

Text to speech