O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Maxsus lentalar amaliyotga joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.11.2017 yildagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5268-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan 01.03.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, DXX, IIV, Mudofaa vazirligi, Davlat soliq va Bojxona qo‘mitalari tomonidan tasdiqlangan “Hodisa sodir bo‘lgan joy holatini o‘zgartirish, dalillarni yo‘qotish yoki yo‘q qilishning oldini olishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni ko‘rish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi Qo‘shma qarori qabul qilingan edi.

Mazkur Qo‘shma qarorning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tashabbusi bilan ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyni o‘rab olishda foydalaniladigan maxsus lenta amaliyotga joriy qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB hamda Transportda JXTB navbatchilik qismlari, IIVning YHXBB, HPBB, PPX va JTSBB, Tergov departamenti hamda uning quyi tizimlari maxsus lentalar bilan to‘liq ta’minlandi.

Hozirda maxsus lentalardan ichki ishlar organlari faoliyatida samarali foydalanib kelinmoqda.

Text to speech