Ommaviy axborot vositalariga
Аyrim OАV larda “Jizzax viloyati prokurori va uning oilasi” koronavirus infektsiyasiga chalingaligi haqida yolgʼon maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ushlanganligi toʼgʼrisida maʼlumot tarqalgan.
Xaqiqatda, ushbu maʼlumot IIV huzuridagi Tergov departamenti saytida “Jizzax viloyati prokurori va uning oilasi” emas, balki “Jizzax viloyatida prokuratura xodimi va uning oilasi” koronavirus infektsiyasiga chalainganligi toʼgʼrisida yolgʼon xabar tarqatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib ushlanligi toʼgʼrisida xabar berilgan.
Shu sababli OАV vakillaridan IIV huzuridagi Tergov departamenti saytida chop etilgan maʼlumotlarni toʼgʼri talqin qilishlarini soʼraymiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti