O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mudhish YTH, qurbonlar bor

Qashqadaryo. 2020 yilning 04 aprel kuni soat 00:50 da haydovchi 28 yoshli F.Sh., “Spark” rusumli avtomashinasini Muborak tumani Sariq qishlogʼidan oʼtuvchi “4P-96” avtomobilь yoʼlining 3 kilometrida boshqarib ketayotgan vaqtida, boshqaruvni yoʼqotib, qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketib, shu yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli F.X., boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʼqnashuv sodir qilgan.

Natijada “Spark” avtomashinasi yonib ketib, haydovchi F.Sh. va uning yoʼlovchilari, 27 yoshli B.D. va 26 yoshli А.M., lar hodisa joyda vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, karantin vaqtida avtotransport vositalarini tegishli ruxsatsiz va bemaqsad boshqarmasligingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech