O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

E'LON!

Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Straus House” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda “Straus House” MChJ mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyat natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boshqarmalari, shuningdek respublikamizning barcha shahar va tuman IIBlari huzuridagi Tergov bo‘lim (bo‘linma, guruh) larida tergov guruhlari tashkil etilgan.

Agarda Siz “Straus House” MChJ mansabdor shaxslarining jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231-46-28 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Ma’lumot uchun: markazlashgan tergov guruhi Tergov departamentida tashkil etilgan.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Y.Rajabiy ko‘chasi, 1-uy.

Markazlashgan tergov guruhi rahbari: Tergov departamenti katta tergovchisi Utemuratov Azat Minajovich.

Murojaat uchun telefon: (98) 279-25-80 va (71) 231-41-28.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech