Sud ekspertizasining dolzarb masalalari va zamonaviy imkoniyatlari mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi
Joriy yilning 11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan “Sud ekspertizasining dolzarb masalalari va zamonaviy imkoniyatlari” mavzusidagi o‘quv-seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari barcha shaxsiy tarkibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokuratura, DXX, Bojxona boshqarmalari tergovchi va surishtiruvchilari qatnashdilar.
O‘quv-seminar mashg‘uloti Sud ekspertizasining dolzarb masalalari va zamonaviy imkoniyatlari, sohadagi islohotlar, muammo va yechimlar, shuningdek kriminalistik hisoblardan foydalanish va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasini aniqlashning o‘ziga xos imkoniyatlari mavzularida bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Xalilov Akram Utamurodovich va sohaning boshqa bir qancha yetuk mutaxassislari o‘zlarining maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda tergovchi va surishtiruvchilar malakali mutaxassislardan kerakli bilimlarni egallashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti