O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 19 aprel kuni, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi xodimlari ishtirokida Termiz Davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Termiz Davlat universiteti “Fizika-matematika” fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida maʼruzachilar tomonidan korrupsion jinoyatlarning kelib chiqishiga sharoit yaratuvchi sabab va omillar, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari hamda jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xususan tadbirda so‘zga chiqqan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Kadrlar guruhi katta inspektori mayor Sh.Rahimov korrupsion jinoyatlarni sodir etilishida talaba yoshlarning ishtirok etayotganligi achinarli ekanligini aytib bu borada yig‘ilish ishtirokchilarga amaliy misollar keltirdi.    

Tadbir yakunida maʼruzachilar talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.       

Text to speech