Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan «Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi» doirasida yig‘ilishlar o‘tkazildi
Joriy yilning 05-06 iyun kunlari Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan «Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi» doirasida Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari bilan yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlarga xizmat intizomiga rioya qilish salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari yig‘ilish davomida Tergov boshqarmasi masʼul xodimlariga xodimlarning xizmat sharoitini yaxshilash, ularni rag‘batlantirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.