Surxondaryo viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovlar ishtirokida 2026 yil uch oyi yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, 2026 yil 3 oyi davomida, jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash, aholining kunlik ijtimoiy-maishiy muammolarini “fuqarobay” hal etish borasida amalga oshirgan ishlari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi istiqbolli vazifalar muhokama etildi.
Muhokama yig‘ilishida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning barcha o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, barcha shaxsiy tarkibi qatnashdi. Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda uch oy davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l-harakati xavfsizligini taʼminlash, qo‘riqlash xizmati tomonidan obyektlarni qo‘riqlovga olish, hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari R.Ashropov so‘zga chiqib, viloyatda kriminogen vaziyat ahvoli va jinoyatchilikni jilovlash borasida ko‘rilgan choralarni tanqidiy muhokama qildi hamda kelgusidagi vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish, xodimlarning kasbiy, xizmat hamda jangovar tayyorgarligi borasida rahbariyatning qatʼiy talab va topshiriqlarini xodimlarga yetkazdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Faoliyat davomida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama qilinib, jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda xizmat davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan sohaviy xizmat hamda shahar-tuman IIBlarning ayrim xodimlari faoliyati muhokama etilib, tegishli taʼsir choralari belgilandi.
Tergov departamenti