Surxondaryo viloyatida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 01-fevral kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Sherobod, Muzrabot hamda Boysun tumani fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlar qatnashishlari ta’minlandi.
Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 11 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Ushbu 11 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti