O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 19-aprel kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyat Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlar qatnashishlari ta’minlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 11 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 

Ushbu 11 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 4 tasi joyida ijobiy hal etildi hamda 7ta murojaatlar vaqt talab qilganligi  bois mas’ul xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech