
Surxondaryo viloyatida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 22 fevral kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Termiz shahar, Termiz va Angor tumani fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul xodimlar qatnashishlari taʼminlandi.
Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Ushbu 15 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti