O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryoda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida  navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 03 may kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasi, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokidagi hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti pora olish jinoyatining salbiy oqibatlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish amaliyoti hamda mazkur sohada tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos-xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda MJtKga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, kiberxavfsizlik jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari shuningdek, Sud portret, ekologiya hamda eksgumatsiya ekspertizalarining predmeti, obyektlari, vazifalari va imkoniyatlarini o‘rganish mavzularida bo‘lib, unda Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarga pora olish jinoyatlari bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari ketma-ketligi bo‘yicha sahnalashtirilgan dars o‘tildi. 

O‘quv mashg‘ulotida tergovchi va surishtiruvchilar malakali mutaxassislardan kerakli bilimlarni egallashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech