O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 05 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari bilan 2024 yilning 2 oyi yakunlari, xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash yuzasidan videoselektor tarzida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik X.Atanazarov so‘z olib, o‘tgan davr mobaynida boshqarma hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan erishilgan yutuqlar shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar haqida gapirib, eng avvalo xizmat intizomi va qonuniylikka so‘zsiz amal qilish, bu orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib himoya qilish zarurligini eʼtirof etdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida masʼul xodimlar tomonidan so‘ngi vaqtlarda Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida sodir etilgan salbiy holatlar o‘qib eshittirilib, ishtirokchilarga korrupsion va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual harakatlarni qonun talablari asosida olib borishlari lozimligi tushuntirildi.

Text to speech