Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tabrigi
Hurmatli Po’lat Razzoqovich!
Sizni Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati nomidan samimiy tabriklayman.
Jamiyatimizda barqarorlikni saqlashda, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda Ichki ishlar vazirligi xodimlarining xizmatlari alohida o’rin tutmoqda.
Mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirayotgan sharafli va fidokorona faoliyatingizda omad tilaymiz.
Hurmat bilan,
O’zbekiston Respublikasi
Mudofaa vaziri
general-mayor B. Kurbanov