O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tanzila Narbayeva: odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 3,2 barobarga kamaydi

 2019-yil 13-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “Odam savdosiga qarshi kurashishda sudlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etib, nutq so‘zladi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Odam savdosiga qarshi kurashish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 2019-yilda Prezident Farmoni bilan Senat Raisi rahbarligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etildi.

Tanzila Narbayeva Milliy komissiya tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarning natijalariga alohida to‘xtaldi. “Cotton Campaign”, “Human Rights Watch” kabi xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini inobatga olib, odam savdosi va majburiy mehnat sohasida O‘zbekiston egallagan o‘rnini yaxshilashga qaratilgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida profilaktik va tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi va natijada odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar keyingi ikki yilda qariyb 3,2 barobarga kamaydi”, dedi Senat Raisi. Shuningdek “majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida ko‘rilgan choralar natijasida birgina joriy yilning o‘zida 250 nafarga yaqin mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi”, deb ta’kidladi Tanzila Narbayeva.

Senat Raisi xorijdagi fuqarolarimiz huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinganiga ham urg‘u berdi. Shu maqsadda odam savdosiga qarshi kurashish bilan bog‘liq muammolarning tub ildizini chuqur tahlil qilish, jinoyat-qidiruv ishlarini olib borishda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini kelishib olish zarurligi ta’kidlandi

Text to speech