Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi
Joriy yilning 21 oktabr kuni Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo’linmalari xodimlari Shahrisabz shahridagi “Ko’k gumbaz” masjidi va Qarshi shahridagi “Abdulazizxo’ja” madrasasiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, “Ko‘k gumbaz” masjidini Ulug‘bek Mirzo otasi Shoxrux Mirzo nomidan qurdirgan (1434-1435). Peshtoq ravog‘ida ularning nomlari va qurilish vaqti bitilgan tarixiy yozuvlar saqlangan. Ko‘k gumbaz masjidi Dorut-tilovat ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid hisoblanadi.
“Abdulazizxo’ja” madrasasi mahalliy me’moriy an’analarning soddalashtirilgan shaklida g‘isht va ganchdan qurilgan, chortoqtarhli, murabba hovlili. Ikki qavatli darvozaxona — peshtoqning ikki yonida hujralar bor. Binoning ikki yon burchagida devorga tutashtirib ikki burj qurilgan. Qanotlarning birinchi qavatiga yuza, ikkinchi qavatiga eni keng ravoq ishlangan. Madrasa deyarli bezaksiz.
Bu kabi tarixiy obidalarga amalga oshirilayotgan tashriflar xodimlarning ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti