Ustozlar kasb bayrami bilan qutlandi
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lsa-da, hamon jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, yoshlarga o‘z o‘git va maslahatlari bilan ko‘maklashayotgan bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi. Uzoq yillar tergov sohasida rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan iste’fodagi polkovniklar Ochil Xo‘janov va Ashurboy Bayrayev xonadonida bo‘lishib, ustozlarni bayram bilan qutlashdi.
Hamon shogirdlarga kasb sirlarini o‘rgatib, ustozlik qilib kelayotgan ichki ishlar organlari faxriylari yoshlarga xizmat va hayot yo‘llari, tajribalari haqida so‘zlab berishdi.
O‘z navbatida faxriylar e’zoz va ehtirom uchun vazirlik va boshqarma rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirib, vatan xizmatiga doimo shayligini bildirishdi.
Tadbirda faxriylarga yana bir bor e’zoz va ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti