Samarqand viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Komiljon Gaffarov tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Unda 14 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Qabul davomida har bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti