Qashqadaryo viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish binosida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi Qabulga turli masalalar bilan kelgan fuqarolarni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov qabul qildi. Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha arizalar qabul qilinib, ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, sohaviy xizmatlar rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti