Kasb faxriylari e’zozlandi
Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining rahbariyati va mas’ullari tomonidan 25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Tergov bo‘linmalarida uzoq yillar xizmat qilib, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olindi. Faxriylarga bayram tabriknomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tashrifdan ko‘ngli shod bo‘lgan faxriylar hozirda Tergov bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan yosh tergovchi va surishtiruvchilarga o‘zlarining ustozlik o‘gitlarini berishga doim tayyorligini, bu borada viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bilan doimiy ravishda hamkorlik qilish ishlarini davom ettirib kelayotganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirishib, bayram bahonasida yo‘qlaganlarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti