O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyat aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 30.10.2024 yil kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Angor tumanlari fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul xodimlar qatnashishlari taʼminlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 16 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 

Ushbu 16 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech