Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ibodov Jaxongir tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Pop tumanining «G‘urumsaroy» mahallasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi
Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Jahongir Ibodov tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 12 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi va 9 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti